O‘QUV-SEMINAR TAShKIL ETILDI

Joriy yilning 27 may kuni “Amudaryo” bolalar oromgohida 2025 yilgi yozgi mavsumda bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada, uyushqoqolik bilan tashkil etish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda oromgoh direktorlari va  masalaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda  2024 yilgi mavsumda bolalar dam olishini tashkil etishda amalga oshirilgan ishlar va bu borada erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida so‘z yuritib, 2025 yilgi mavsumda bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, mavsumni talofatlarsiz yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mas’ullarning ma’ruzalari tinglandi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilar “Amudaryo” oromgohida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Yakunda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan   cho‘kayotgan insonni qutqarish, ilon, chayon chaqqanda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan birinchi tezkor yordamlar yuzasidan amaliy mashg‘ulot tashkil etilib batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

«Yutuq mo‘jizadan emas, mehnatdan tug‘iladi!»

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tarmog‘ia tizimidagi DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida ketma-ket ikkinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ular O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 40 million so‘mlik pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2024 yilda 3-o‘rinni egallagan jamoa bu safar ham o‘z natijasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu yutuq “Zakovat”ning turli yo‘nalishlarida ikki bor chempionlikka erishgan ilk jamoa sifatida tarixga kirdi. G‘alaba FarDU, IIV Farg‘ona, Qashqadaryo, Qoraqalpoq va Xorazm akademik litseylari kabi tajribali raqiblar ustidan qozonildi.

Bu muvaffaqiyatda litsey rahbariyati, jamoa murabbiyi, ustozlar va o‘quvchilarning ota-onalarini kasaba uyushmalari nomidan barchalarini chin qalbdan muborakbod etamiz!

Hisobot-saylov Konferensiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 15 may kuni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari Jarqo‘rg‘on tuman kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov Konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevich ishtirok etdi.

Konferensiya ishida tuman kengashining 2020 yil may oyidan 2025 yil may oyigacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlar va kasaba uyushma  a’zolarining ijtimoiy –iqtisodiy xuquqi va manfaatlarini himoya qilish borasida  kelgusidagi vazifalari to‘g‘risidagi hamda taftish komissiyasining xisobotlari eshitildi.

Xar ikkala masala yuzasidan so‘zga chiqqan delegatlar tuman kengashi faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.

«Mening onam hamshira» rasmlar tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari takdirlandi.

Hamshiralik kasbining jamiyatdagi, eng avvalo oiladagi mavqeini oshirish, hamshiralar farzandlarining tasviriy san’atga bo‘lgan  qiziqishlarini,  ular ongida ota-onasi tanlagan  kasbining sharafli kasb ekanligini, bemorlarga yordam  ko‘rsatish, dardiga malham bo‘lish, kasbiga sadoqat  va oliyjanoblik  kabi g‘oyalarni targ‘ib qilish ,  iqtidorli farzandlar va ularning ota-onalarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 7 may  kuni «Mening onam hamshira» rasmlar tanlovining  viloyat bosqichida  Angor tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Jo‘raeva Zebo Erkin qizining farzandi Abdurasulova Mubina Komiljonovna 1-o‘rin, Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Psixiatriya xizmati buyicha Surxondaryo filialida  ma’muriyat hamshirasi Kayumova Mexriniso Uralovnaning farzandi Musurmonkulova Xilola Ilxomovna 2-o‘rin, Termiz  tuman  travmatologiya punkti navbatchi hashirasi Boltaeva Baxtigul Musulmonqul qizining  farzandi  Raxmanova Samira Jasurovna 3- o‘rin g‘oliblari va  onalari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo  viloyat Kengashi tashakkurnomasi hamda qimmatbaxo sovg‘alari bilan takdirlanishdi.

Bo‘ri Allamurodov xotirasiga bag‘ishlab sportning shaxmat turi bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi

Joriy yilning 6 may kuni Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohida Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda “9 may –Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda davlat arbobi, kasaba uyushmalari mehnat faxriysi Bo‘ri Allamurodov xotirasiga bag‘ishlab sportning shaxmat turi bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi.

Mazkur musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, bu yilgi turnirda shaxmatchilar 4 guruhga bo‘lingan xolda kurash olib bordilar. Birinchi guruh professional shaxmatchilar, 2-guruh xavaskor erkak shahmatchilar, 3-guruh xavaskor ayol shaxmatchilar hamda 4-guruh o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

JADIDLAR — KASABA UYUShMALARI HARAKATINING ILK ILHOMChILARI!

Jadidlar nafaqat maorif va madaniyat sohasida, balki mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ham faol bo‘lishgan. Ular tomonidan ochilgan maktab va texnikumlar, tashkil etilgan tijorat hamkorliklari va matbuot nashrlari orqali xalq ongini uyg‘otish, mehnat ahlini yakdillikka chorlash harakatlari – bugungi kasaba uyushmalarining ildizi, tarixiy zamini bo‘lganini unutmasligimiz kerak.

Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi nishonlanayotgan bir paytda, jadidlarning mehnati va ulug‘ merosini yod etish — buyuk ehtirom va ta’lim-tarbiya masalasidir.

Yangi avlod uchun haqiqiy ibrat — jadidlar va ular boshlagan kasaba harakati!