Viloyatlar jamoalari o‘rtasida mintaqaviy musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondon o‘rinbosarining 2025 yil 18 aprel kuni qabul qilingan 28-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Chavandozlar maktablari o‘rtasida ot sportining polo turi bo‘yicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari jamoalari o‘rtasida mintaqaviy musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu musobaqa doirasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi  O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Surxondaryo viloyati Yilqichilik va Uloq ko‘pkari federatsiyalari vakillari faxriy mehmon sifatida tashrif buyurib, musobaqa jarayoniga maxsus rang bag‘ishladilar.

Musobaqaning saralash bosqichida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi, Qashqadaryo viloyati Qorabayir otchilik majmuasi hamda Surxondaryo viloyati Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoalari o‘zaro bellashib, o‘z mahorat va salohiyatlarini namoyish etdilar.

Bellashuvlar natijalariga ko‘ra:

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi musobaqaning 1-o‘rin sovrindori bo‘ldi va g‘oliblik sharafiga sazovor bo‘ldi;

Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi jamoasi munosib tarzda 2-o‘rinni egalladi;

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Musobaqa yuqori tashkiliy va sport ruhida o‘tkazilib, unda umumiy hisobda 16 nafar chavandoz ishtirok etdi hamda 300 nafardan ortiq sport muxlislari va tomoshabinlar musobaqa jarayonini qiziqish bilan kuzatdilar

Sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 aprel kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan «Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti» NTMda sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning  38 nafar shaxmatchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar, qizg‘in kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida     

     1-o‘rin — jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sardor Baxromov;

    2-o‘rin — axborot texnologiyalari yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sherxon abduraupov;

    3-o‘rin — xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sherzod Baxodirovga nasib qildi.

Qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan baxslarda

   1-o‘ringa jismoniy madaniyat 2-bosqich talabasi Zulfizar Xolmatova,   2-o‘ringa maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Komila Ashurova,   3-o‘ringa   filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Zilola Olimovalar munosib ko‘rildi.    G‘oliblar  diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar .