Sherobodda “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari!

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamda tuman sport maktabi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” ni xududiy bosqichi o’tkazildi.

Musobaqalarda ishtirokchilar futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbir barcha qatnashchilarga yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini ulashdi.

Mazkur sport tadbiri – nafaqat jismoniy faollik, balki ta’lim sifatining oshishida sog‘lom muhitning naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotladi.

G’olib bo’lgan maktab jamoalari tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

 

 Sog‘lom jamoa – sifatli ta’lim garovi!

Korrupsiyaga yo‘l yo‘q

Joriy yil yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senatidagi yig‘ilishda ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi tashabbuslarni e’lon qildi. Davlat rahbari o‘z nutqida jamoatchilikni korrupsiyaga murosasiz bo‘lishga chorlab, buning uchun amaliy sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.

Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashida ayni shu mavzuga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda viloyat kengashi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat, tuman va shahar kengashlari xodimlari, yirik boshlang‘ich tashkilot kasaba qo‘mita raislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning vijdon ishi ekanligi ta’kidlandi. Adolatli jamiyat qurish uchun faqat qonunlar yetarli emas, odamlar ongida ham bu illatga qarshi murosasizlik shakllanishi shart. Prezident ta’kidlaganidek, keng jamoatchilikni bu jarayonga jalb qilmasdan, korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olmaymiz.