
Xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27 fevral kuni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumida jamoa shartnomasining 2024 yil ijrosi va 2020-2025 yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vakil Qodirov Shavkat Jumaboevich, Surxondaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Bobolov Qobil Abdievich, Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevich hamda 70 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlab texnikumda ko‘chat ekish, shashka va shaxmat, stol tennisi hamda ko‘rgazmali seminar tadbirlari tashkil qilindi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.