Hisobot-saylovi hamda Jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Respublika Inkassatsiya xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.

Yig‘ilish davomida kasaba uyushmalari xarakatiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ma’lumotlar ham berildi.

Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi yangi raisi va a’zolari saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.

Jamoa shartnomasi ijrosi muhokamalari yig‘ilishi hamda Hisobot-saylov va kelgusi rejalar!

2025 yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘iga tizimidagi Denov tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi muhokama qilinib, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Yig‘ilish ishtirokchilari shartnoma ijrosini qoniqarli deb baholadilar.

Shuningdek, kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibiga muvofiq, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati tahlil qilindi. Yig‘ilish davomida tashkilot faoliyatining samaradorligi va ishchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylanib, kelgusi 5 yillik uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Jamoa shartnomalarining bajarilishi yuzasidan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 fevral kuni Uzun tumanidagi 29 va 30- maktablarda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomalarining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan kasaba uyushmasi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitasi raislarining xisobotlari hamda jamoa shartnomalari bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning hisobotlari tinglandi va 2024 yilda jamoa shartnomalari bandlari bajarilishi qonikarli deb topildi. Yig‘ilish davomida tuman konferensiyasiga delegatlar saylandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul kilindi.

SUZISH FEDERATSIYASI RAISI VILOYATDAGI SUZISH XAVZALARINING XOLATI BILAN TANISHDI

Yurtimizda yoshlarning suv sporti turlariga bo‘lgan qiziqishi hamda suv sporti turlari ommaviyligini oshirish, bu orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash, saralash (seleksiya) va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu sohada malakali mutaxassislar va hakamlar tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan suv sportining moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Viloyat suzish federatsiyasi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bugun viloyatimizda suzish sport turiga ixtisoslashtirilgan ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Tashriflar davomida suzish majmualarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar hamda mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlar bilan yaqindan muloqot olib bordi.