1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni»

O‘qituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda 1997-yildan boshlab 1-oktabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan Angor tumanida soha xodimlari, faxriy ustozlar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayramda tuman hokimi Qosim Mardonov o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, nuroniy ustozlar bugungi kunda ta’lim sohasidagi o’zgarishlar xususida ta’kidlab o’tdilar.

Shundan so‘ng, ta’lim sohasini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari va yoshlarimizni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda xizmat qilib kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tuman hokimligi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi tomonidan  bayram sovg‘alari topshirildi.

«Ustoz azizdir» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun Uzun tumanidagi «Chinor» tantanalar saroyida 1- Oktyabr » Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Ustoz azizdir» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni tuman xokimi o‘‌rinbosari Z. Abdanov kirish so‘‌zi bilan ochib, tuman xokimining Ustozlarga yo‘‌llagan tabrigini tantana ishtirokchilariga o‘qib berdi. Tuman Madaniyat bo‘‌limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x navolar Ustozlarga zavq ulashdi. Tadbir yakunida ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan bir gurux Ustozlarga  tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.