Terimchilar manfaatlarini ximoya qilish ustuvor vazifamiz
Joriy yilning 20 avgust kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Jo‘rabek-Hushnud Imkon» fermer ho‘jaligining paxta dalasida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamkorlikda 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida “Paxta xosilini yig‘ib olishda terimchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ximoya qilish hamda ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish borasida kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oldida turgan asosiy vazifalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda asosan 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida O‘zbekiston Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi majmui Respublika kengashi raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov tomonidan 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida kasaba uyushmalari inspeksiyalarining vazifalari, mavsumda majburiy mehnatga qarshi kurashish va terimchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratilishi bo‘yicha kasaba uyushmalari tomonidan qat’iy jamoatchilik nazoratining olib borilishi masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov paxta yig‘imi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish, ularning dam olishlari, ovqatlanishini to‘g‘ri tashkillashtirish, ish haqini o‘z vaqtida to‘lash kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.