Oromgohlarda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda.

Yoshlar millatning suyanchi va ertasi. Ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bundan tashqari, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Viloyat qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Respulikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati “Qorabayir otlari” mahorat maktabi hamkorligida “Amudaryo” bolalar oromgohida “Vatanparvarlik” kuni munosabati bilan  tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respulikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati “Qorabayir otlari” mahorat maktabi mutaxassislari tomonidan oromgohda dam oluvchi bolajonlar uchun otlarda sayr qilish imkoni yaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur tadbir so‘ngida bolajonlar tashkilotchilar tomonidan ot sportiga oid qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi.