Samarali xizmatlari e’tirof etildi
Angor tuman xalq ta’limi tizimida 2023-2024 o‘quv yili davomida ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Тumandagi ta’lim muassasalarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlar hamda o‘quvchilarning xizmatlari munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.
Shu bois,bugun Angor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari J.Baxramov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.v.b Z.Utayev, kasaba uyushmalari Kengashi raisi D.Xo‘janova,O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Angor tumani Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i X.Abdullayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Rasulov hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablar direktorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida,joriy yilning 25-may kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish,o‘quvchilar tomonidan restoran, kafe, barlar, tog‘ va tog‘oldi hududlari, shaxsiy uylar va boshqa turli ko‘ngilochar joylarda noodatiy tartibda nishonlamaslik hamda bu bo‘yicha maktablar rahbarlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishlari yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida, fidokor va jonkuyar ustozlar hamda o‘quvchilar xizmatlari alohida e’tirof etilib,tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.