“Muruvvat” uyida bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 31-may kuni O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tuman nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “muruvvat” uyida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Nodira Surxanovna ochib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir bayramona va ko‘taringki ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida viloyat Kengashi tomonidan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.
So‘z yakunida bolajonlarimizning taqdiri Davlatimiz nigohida ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Samarali xizmatlari e’tirof etildi

Angor tuman xalq ta’limi tizimida 2023-2024 o‘quv yili davomida ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan yutuqlar e’tirof etildi. Тumandagi ta’lim muassasalarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlar hamda o‘quvchilarning xizmatlari munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.

Shu bois,bugun Angor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha  o’rinbosari J.Baxramov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.v.b Z.Utayev, kasaba uyushmalari Kengashi raisi D.Xo‘janova,O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Angor tumani Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i X.Abdullayev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Rasulov hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablar direktorlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida,joriy yilning 25-may kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish,o‘quvchilar tomonidan restoran, kafe, barlar, tog‘ va tog‘oldi hududlari, shaxsiy uylar va boshqa turli ko‘ngilochar joylarda noodatiy tartibda nishonlamaslik hamda bu bo‘yicha maktablar rahbarlari tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib borishlari yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida, fidokor va jonkuyar ustozlar hamda o‘quvchilar xizmatlari alohida e’tirof etilib,tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boysun tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ro‘yxatga olish va hisobotlarni yuritish bo’yicha seminar tashkil etildi.

Tumanda migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman shtabi tashkil qilingan bo‘lib, tuman ishchi guruhi tarkibi va shtab tarkibi a’zolari tomonidan ishlar tizimli olib borilmoqda.

Bugun Boysun tumani hokimligida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi, tumanga biriktirilgan vakil shtab rahbari X.T.Odinayev, tuman hokimi Bahodir Shukurov, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi a’zolari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlatimiz Rahbarining tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar muhokama qilindi.

Seminar davomida shtab rahbari X.Odinayev tomonidan sektorlar kesimida o‘rganilgan kamchiliklar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.

Denov tumanida anʼanaviy sportakiada bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 may kuni Denov tumanidagi 22-umumiy o‘rta taʼlim maktabida navbatdagi taʼlim va fan xodimlarining anʼanaviy sportakiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga tumandagi o‘nta hududda o‘tkazilgan saralash bosqichida gʼoliblikni qo‘lga kiritgan 270 nafar sportchilar, faxriylar va turli tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda sportning voleybol, futbol, shashka, shaxmat va tennis turlari bo‘yicha sportchilar bellashishdi. Tadbirda qatnashchilarga osh tarqatilib, bu dunyodan o‘tgan ustozlar xotirlandilar. Tadbirda gʼolib bo‘lgan sportchilar taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasining qimmatbaxo sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

«Besh tashabbus olimpiadasi» bo‘lib o‘tdi

Angor tumanida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari o‘rtasida «Sog‘lom tanda sifatli ta’lim» shiori ostida Kasaba uyushma kubogi sport musobaqalarida 21- maktab o‘qituvchilari sportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rin, shaxmat va shashka yo‘nalishi bo‘yicha 28-maktab o‘qituvchilari jamoasi 2-o‘rinni va 13-maktab o‘qituvchilari jamoasi 3-o‘rinni egallab turnir g‘oliblariga aylanishdi. Viloyatdan ajratilgan sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi.

 

Faxriylar holidan xabar olindi

Uzun tuman ta’lim va fan xodimalari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tomonidan 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan ta’lim soxasida uzoq yillar faoliyat yuritib, xozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olindi. Shuningdek bir gurux baynalminalchi xodimlar xam kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.