O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan viloyat Kengashida tadbir o‘tkaziladi

Islohotlar samarasi O‘zbekistonning tom ma’noda qiyofasini ham, maqsad-muddaolarini ham o‘zgartirdi. “Bugungi O‘zbekiston – bu kechagi O‘zbekiston emas, bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”, degan qatiy siyosiy iroda dunyo atamashunosligiga “Yangi O‘zbekiston” degan so‘zni olib kirdi.
Keyingi yetti yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixida unutilmas tarixiy voqealarga boy davr bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi yangi qonunning imzolanishi — kasaba uyushmalariga xodimlarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sohasidagi faoliyatlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Ayniqsa, 2020 yil 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalarining hayotida unutilmas kun sifatida zarhal harflar bilan yozildi.
Aynan shu kuni mustaqil davlatimiz tarixida ilk bor Respublika Prezidenti kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi qatnashchilariga o‘z tabrigini yo‘lladi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mazkur tarixiy Qurultoy o‘tayotgan kunni «Kasaba uyushmalari kuni» etib belgilash taklif etilishi, 2020 yil 23 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi mamlakatimiz kasaba uyushmalarining qariyib 100 yillik tarixiy faoliyati davri uchun o‘chmas iz qoldirdi.
Ayni paytda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘z safida salkam 6 millionlik a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelmoqda. Ushbu ustuvor vazifani samarali ta’minlash maqsadida so‘nggi 7 yilda kasaba uyushmalari faoliyati yanada faollashdi, tizimda keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirildi, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlari chinakamiga yangi bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi quruvchilari uchun Surxondaryo chinakamiga qurilish maydoniga aylandi. Shu vaqt ichida Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, Termiz tumanida “Termiz marvaridi”, Oltinsoy tumanida “Xo‘jaipok” sanatoriysi qurib foydalanishga topshirildi. Viloyatimiz kasaba uyushmalari moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlandi.
Shu yilning sentyabr oyida 200 o‘rinli yana bir sanatoriy — “Sangardak” sanatoriysi foydalanishga tantanali topshirildi.
Shu bilan viloyatimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi sanatoriylar soni 4 taga yetdi. Bundan yetti yil oldin bironta sanatoriy bo‘lmagan — Surxondaryo bu jixatdan Respublikada Toshkent viloyatidan keyingi 2-chi o‘ringa chiqib oldi.
Ularda yiliga 30 ming nafar aholi dam olib sog‘liqlarini tiklash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Yana bir quvonchli voqea, Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari o‘rtasida “Eng yaxshi jamoa shartnomasi” ko‘rik-tanlovida “Termiz daryo porti” MCHJ boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti (boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Kalimulina Elmira Raximovna) g‘olib deb topildi.
Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash soxasida o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi tibbiyot xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha “Termiz marvaridi” sanatoriysi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Aliyev Shaxriyor G‘aniyevich g‘olib bo‘ldi.
Termiz “Mintaqaviy temir yo‘l uzeli” kasaba uyushmasi hududiy qo‘mitasi raisi Daminov G‘ulomjon Bo‘riyevich O‘zbekiston kasaba uyushmasilari Federatsiyasining eng oliy mukofoti bo‘lgan “Ehtirom nishoni”ga loyiq deb topildi.
Mustaqillik yillarida birinchi marta O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kasaba uyushmalari Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xatlon viloyati kasaba uyushmalari bilan tuzilgan o‘zaro Kelishuvga muvofiq joriy yilning mart va may oylarida delegatsiya tashrifi almashildi. Bu kabi ijobiy yutuqlarni ko‘plab keltirish mumkin.

«Kasaba uyushmalari kuni» bayrami koʼtarinki ruhda oʼtdi

Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman boʼlinmasi Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tasarrufidagi maktablardan sport musobaqalarida gʼolib chiqgan jamoalar orasida 11-noyabr «Kasaba uyushmalari kuni» bayrami munosabati bilan Sport musobaqasining tuman bosqichi oʼtkazildi. Tadbir yakunida gʼolib chiqgan jamoalarga boʼlinma tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʼalar tarqatilib bayram koʼtarinki ruhda oʼtdi.