SANGARDAK SANATORIYSIDA KITOB TAQDIMOTI

Joriy yilning 21 sentabr kuni tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifi, taniqli adib Amirsaidxon Usmonxo’jayev Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sanatoriyasida dam olayotgan fuqarolar hamda nuroniylar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan nuroniylarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ayniqsa ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan fikr almashildi, shukronalar keltirildi.

Shundan so’ng Amirsaidxon Usmonxo’jayev o’zi muallifligidagi «O’zingni anglab, odob saqla» nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi. Muallif kitobning yaratilish tarixi hamda mazmun-mohiyati haqida so’z yuritib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdi.

Yakunda muallif tomonidan sanatoriya kutubxonasiga kitoblar to’plami sovg’a qilindi.