Yangi O’zbekistonning «Sangardak» mo»jizasi

Bugun Surxondaryoda tarixiy kun. Yaqinda Sariosiyo tumanining tog’li Sangardak qishlog’ida muhtasham dam olish maskani qad rostladi. Purviqor tog’lar bag’rida olmosdek yaraqlab turgan 8 qavatli bino dengiz sathidan qariyb bir yarim ming metr tepalikda barpo etildi.

Mazkur sihatgoh 3,2 gektar hududda joylashgan bo’lib, 250 o’ringa mo’ljallangan. Uch yil oldin qurilishi boshlangan“Sangardak sanatoriysi” bugun mehmonlarni kutib olishga shay

Ayni paytda maskanning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. Tadbirga O’zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari, hukumat va jamoat vakillari, faxriylar, taniqli shaxslar, elimiz sevgan shoiru adiblar, san’atkorlar tashrif buyurishgan.

Tadbirni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov ochib berdi.

— Alohida ta’kidlash lozimki, bu muhtasham koshona, hech shubhasiz, Muhtaram Shavkat Miromonovichning Siz — azmu shijoati baland Surxondaryo ahliga, qolaversa, butun O’zbekiston mehnatkashlariga munosib bayram sovg’asi desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Mazkur sanatoriy Prezidentimizning xalqchil insonparvar g’oyasi — “Inson qadri uchun” tamoyilining yana bir amaliy ifodasi bo’ldi!