«1 Oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi tomonidan Xalq ta’lim xodimlari o’rtasida an’anaviy 32- Spartakiada o’tkazildi. Spartakiadada xodimlar sportning 6 ta turi bo’yicha kuch sinashishdi. G’oliblar tuman Bo’linmasining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ustozlar etiborda

Uzun tumanidagi 20-sonli umumta’lim o’rta maktabda uzoq yillar davomida yoshlarga matematikadan saboq bergan Ostanaqulov Mustafo o’zining 90 yillik yubileyini nishonlamoqda. Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi Ustozni muborak tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

SANGARDAK SANATORIYSIDA KITOB TAQDIMOTI

Joriy yilning 21 sentabr kuni tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifi, taniqli adib Amirsaidxon Usmonxo’jayev Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sanatoriyasida dam olayotgan fuqarolar hamda nuroniylar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan nuroniylarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ayniqsa ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan fikr almashildi, shukronalar keltirildi.

Shundan so’ng Amirsaidxon Usmonxo’jayev o’zi muallifligidagi «O’zingni anglab, odob saqla» nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi. Muallif kitobning yaratilish tarixi hamda mazmun-mohiyati haqida so’z yuritib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdi.

Yakunda muallif tomonidan sanatoriya kutubxonasiga kitoblar to’plami sovg’a qilindi.

Yangi O’zbekistonning «Sangardak» mo»jizasi

Bugun Surxondaryoda tarixiy kun. Yaqinda Sariosiyo tumanining tog’li Sangardak qishlog’ida muhtasham dam olish maskani qad rostladi. Purviqor tog’lar bag’rida olmosdek yaraqlab turgan 8 qavatli bino dengiz sathidan qariyb bir yarim ming metr tepalikda barpo etildi.

Mazkur sihatgoh 3,2 gektar hududda joylashgan bo’lib, 250 o’ringa mo’ljallangan. Uch yil oldin qurilishi boshlangan“Sangardak sanatoriysi” bugun mehmonlarni kutib olishga shay

Ayni paytda maskanning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. Tadbirga O’zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari, hukumat va jamoat vakillari, faxriylar, taniqli shaxslar, elimiz sevgan shoiru adiblar, san’atkorlar tashrif buyurishgan.

Tadbirni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov ochib berdi.

— Alohida ta’kidlash lozimki, bu muhtasham koshona, hech shubhasiz, Muhtaram Shavkat Miromonovichning Siz — azmu shijoati baland Surxondaryo ahliga, qolaversa, butun O’zbekiston mehnatkashlariga munosib bayram sovg’asi desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Mazkur sanatoriy Prezidentimizning xalqchil insonparvar g’oyasi — “Inson qadri uchun” tamoyilining yana bir amaliy ifodasi bo’ldi!

 

“Xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va ishsizlikdan holi hudud”

Davlatimiz rahbari tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash joylarda “Xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va ishsizlikdan holi hudud” dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash bo’yicha belgilab berilgan vazifalarni samarali va tizimli amalga oshirish maqsadida, Uzun, Denov hamda Sariosiyo tumanlarida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari Sh. Qodirov, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasini viloyat kengashi raisi o’rinbosari Q. Boboyev, tuman hokimi X.Bozorov va  sektor rahbarlari hamda hokim o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Yigilishda Sh.Qodirov so’zga chiqib ishchi guruxga bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan yani, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilikni bartaraf etish,xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha hududning mavjud imkoniyatlarini tahlil etish  kabi ishlarni tizimli ravishda bajarish bo’yicha  tushunchalar berdi.

INSON QADRI — HAMIShA USTUVOR

Yaratganga shukrki, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini ta’minlash, jonajon Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro’-e’tiborini yuksaklarga ko’tarish uchun keng ko’lamli izchil islohotlar olib borilmoqda.

Yaqinda o’z Istiqlolining o’ttiz ikki yillik qutlug’ to’yini nishonlagan mamlakatimiz fuqarolari albatta ertangi kelajakka katta ishonch va umid bilan qaramoqda. Ular o’z muqim ish o’rniga ega bo’lishni, yaxshi daromad topishni va bir so’z bilan aytganda, yaxshi yashashni chin dildan xohlaydi. Katta umidlar bilan o’stirayotgan farzandu nabiralarining o’z yurtida baxtu kamolini ko’rishni istaydi. Bu orzu-niyatlar insonlarga xos fazilatlardir, albatta.

Kuni kecha O’zbekiston kasaba uyushmalari viloyat kengashida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari — Mehnat inspektsiyasi boshlig’i Qobiljon Qirg’izaliyev raisligida hamda Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ahmadjon Haqqulov va Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi rais o’rinbosari Shavkat Qodirovlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda viloyat Kengashi tomonidan “Ayollar daftari” tizimining 4-bosqich ijrosi va galdagi vazifalar muhokama etildi. Asosiy masalalardan xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilikni bartaraf etish, ishsizlikni bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan aniq chora-tadbirlar o’rganildi. Yig’ilishda yuqoridagi masalalar yuzasidan tuzilgan shtab a’zolari tuman (shahar)larga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi.

Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, viloyat kasaba uyushmalari vakillari va biriktirilgan mas’ullar tomonidan hududiy mehnat bozoridagi mavjud vaziyat doimiy monitoring qilib borilmoqda. Misol uchun joriy yil boshida viloyatda mehnat resurslari 1 mln. 469 ming nafarni tashkil etgan bo’lsa, ularning qariyb 367,5 ming nafari iqtisodiyotning rasmiy, 525,9 ming nafari norasmiy sektorida faoliyat olib borishmoqda. 109 ming 643 nafari esa xorijga vaqtincha ishlash uchun ketgan. 102,3 ming kishi esa, ishsiz fuqarolardir.

—Yuqoridagi vaziyatni e’tiborga olib, 2023 yil birinchi yarmida viloyatimiz bo’yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan 1126 nafar bandligini ta’minlashga erishdik. Shundan 614 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan a’zolardir. Shulardan 32 nafari “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turgan imkoniyati cheklangan fuqarolardir, — deydi viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi o’rinbosari Qobil Bobolov.

Shuningdek, O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari hamda O’zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimlarini o’rganishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunining ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar ahvoli ham o’rganilib, soha mutaxassislariga bu borada amaliy yordam ko’rsatildi.