“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” seminar tashkil etildi.

2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan  “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifаtida ma’qullangandi.

Mazkur qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish masalasidagi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika adliya vazirligi, oila va xotin qizlar qumitasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan qo‘shma targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish reja jadvali ishlib chiqilib, ijroga yo‘naltirilgan edi.

Qo‘shma targ‘ibot tadbirlarini rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Joriy yil 10 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati kengashi katta majlichlar zalida “Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi 2022 yil 15 dekabrdagi O‘RQ-809 sonli Qonuni ijrosi to‘g‘risida seminar tashkil etildi. 

Tadbirda viloyat Termiz shahri va tumanlar adliya bo‘limlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan foal xotin-qizlar, kasaba uyushmalari viloyat kengashining barcha mas’ullari ishtirok etdilar.