DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

2023 yil 2 may kuni Surxondaryo viloyat kasaba uyushma kengashi raisi o’rinbosari Q.Bobolov,tashkiliy ishlari bo’limi mudiri B.Muhammadiev, mehnat inspektori Z.Xolov va kengash bo’lim mudirlari Sariosiyo tumanidagi tashkilot, korxona va ta’lim muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmasi raislari bilan davra suhbati o’tkazishdi. Mas’ul xodimlar tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Dasturi, yangi taxrirdagi Mehnat kodeksi, sanatoriyalarda ishlarni tashkillashtirish borasida tushunchalar berildi.