XII-Salomatlik spartakiadasi

Viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan «Taqdirimsan, baxtimsam, erkim va obod Vatan!» shiori ostida 2012 yil 23-24 iyul kunlari Sariosiyo tumani X.Qulniyozov oromgohi xududida tarmoq xodimlarining XII-Salomatlik spartakiadasi o’tkazildi.
Sportning engil atletika, stol tennisi, voleybol turlari va kasaba uyushma qo’mitalari raislari o’rtasida «Darts» turi bo’yicha o’tgan baxslarda Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi jamoasi I-o’rinni, Termiz tuman tibbiyot birlashmasi II-o’rinni, Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari esa umumjamoa xisobida III-o’rinni egallashdi.
Spartakiada g’oliblari viloyat kengashining qimmatbaxo sovg’alari va I-II-III darajali diplomlari bilan taqdirlandi.

O’quv seminar

Viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan 2012 yil 17 iyul kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarining Ustav bo’yicha faoliyatlarini namunali tashkil etish, kasaba uyushma tashkilotlarida ish yuritish va xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha 20 ta boshlang’ich tashkilotlar raislari ishtirokida o’quv seminari tashkil etildi.