14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Dalat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi, hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Janubiy-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor F. Shermatovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i I.Qambarov yil yakunlarini sarhisob qilib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni o‘z farmoyishi asosida pul mukofoti bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Himmatova ham tadbirda so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbir yakunida esdalik sovg‘alari Surxondaryo viloyat hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan topshirildi.

Tadbir milliy xavfsizlikni ta’minlashda armiyaning muhim o‘rnini yanada yorqin namoyon qildi va faxr tuyg‘usini mustahkamladi

Print Friendly, PDF & Email