
12 iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni
Beshbuloq oromgohida ushbu sana munosabati bilan mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etib, bolalar mehnati bilan bog‘liq muammolar, ularning oldini olish choralari hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish borasida samarali suhbatlar olib borildi.
Tadbir davomida:
— Bolalar uchun qiziqarli viktorinalar, sport va ijodiy musobaqalar tashkil etildi.
— Ularning bilim va iqtidorlari sinovdan o‘tkazildi.
— Mehnat huquqlari haqida tushunchalar berildi.
Tadbir yakunida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari mehmonlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Farzandlarimizning bolaligi mehnat bilan emas mehr, ta’lim va qo‘llab-quvvatlash bilan o‘tsin!