“11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi tashkilot, korxona hamda muassasalarda mehnat qilib kelayotgan xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Print Friendly, PDF & Email