1-Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi maktabgacha ta’lim muassalrida  kichkintoylarimiz uchun quvonchli, rang-barang tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘yinlar, raqslar, she’rlar, bayramona chiqishlar – barchasi bolajonlarimiz yuziga tabassum ulashdi!

Farzandlarimiz – ertamiz, kelajagimiz! Ularning baxtli, sog‘lom va erkin hayot kechirishi uchun hammamiz mas’ulmiz.

Bu kabi tadbirlar esa ular uchun faqat bayram emas, balki mehr-muhabbat  va e’tibor ramzidir.

Bolajonlarimiz uchun tadbir so‘ngida Angor tuman kasaba uyushma bo‘linmasi tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

Print Friendly, PDF & Email