O’quv seminar o’tkazildi

Joriy yilning 12- may kuni Angor tumanida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi 2023-yil 25-apreldagi R-14/10 «s» sonli ijroiya qо’mita qarori ijrosi to’g’risida viloyat Kengashi rais o’rinbosari Q.Bobolov, viloyat  mehnat — huquq inspektori Z.Xolov va viloyat kengashi mehnat texnik inspektori E.Mengliyevlar ishtirokida  tuman korxona va tashkilot , ta’lim va tibbiyot muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmasi raislari hamda mehnat muxofazasi xodimlari ishtirokida o’quv seminari o’tkazildi. Mas’ul xodimlar tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoy qarorlari, O’zbekiston Respublikasining 2023 yilgi iqtisodiy dasturining ustuvor yo’nalishlari shuningdek O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi faoliyatining 2022-2026-yillarga mo’ljallangan  strategik yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Harakatlar Dasturi, yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi, sanatoriyalarga yullanmalar berish hamda huquqiy masalalar tartibi, boshlang’ich tashkilotlarda ishlarni tashkillashtirish borasida ma’lumotlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email