Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi majlislar zalida 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Qodirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining Mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri o‘rinbosari Husan Mirsaidov, viloyat hokimligi boshqarmalari va aloqador idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, tuman va shahar kengashlari raislari, uch tomonlama komissiya a’zolari, yirik ish beruvchilar hamda mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari qatnashdilar.
Davra suhbatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Qobiljon Bobolov olib bordi. Tadbirda psixologik-ijtimoiy ish muhitining ahamiyati va xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
