RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi tasarrufidagi Angor tumani 1-sonli texnikumida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Angor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik To‘rayev Rixsitilla Rahmatullayevich hamda texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sayyora Fayziyeva ishtirok etdi.

Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in va texnika xavfsizligi hamda tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Uchrashuv davomida ogohlik, hushyorlik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi. Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.