Bayram arafasidagi xayirli ish
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining «Mustahkam oila yili» Dasturiga asosan viloyatdagi 500 ta kam ta’minlangan oilaga 20 tadan jami 10000 (o’n ming) dona tovuq tarqatildi.
Uzun tumanidagi «Galinar» parranda ishlab chiqarish firmasidan 150.0 million so’mga 10000 dona 150 kunlik, tuxum berishga mo’ljallangan «Xay-layn braun» navli tovuq olib berildi.
Tovuqlar Uzun tumanidagi «Galinar» parranda ishlab chiqarish firmasidan Qumqo’gon tumanidagi 80 ta, Sho’rchi tumanidagi 70 ta, Oltinsoy tumanidagi 70 ta, Denov tumanidagi 140 ta, Sariosiyo tumanidagi 75 ta va Uzun tumanidagi 65 ta kam ta’minlangan xonadonlarga tumanlarga biriktirilgan vakillar org’ali tarqatildi.