Termiz Hayvonot bog‘i jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 fevral kuni Termiz Hayvonot bog‘i jamoasining umumiy yig‘ilishida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yil yakuni ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisining jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Tadbir davomida 2026-2028 yillar uchun mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi qabul kilindi.
Yig‘ilishda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi A.Bo‘riev ishtirok etib, jamoa shartnomasi orqali xodimlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy kafolatlar va qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.