Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Sherobod tumani hokimligi tomonidan tuman Madaniyat markazida “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida tumanda mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlariga tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.