Kasaba uyushmalarida moliyaviy masalalariga bag’ishlangan o’quv seminar bo’lib o’tdi

2023 yil 11 avgust kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo  viloyat Kengashining majlislar zalida O’zbekiston transport, yo’l va kapital qurilish, qurilish  industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimi Surxondaryo  viloyati xududidagi   korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmalari faollari uchun kasaba uyushmasining asosiy yo’nalishlari, ish yuritish, mehnat muxofazasi va xodimlarga  qulay ish sharoitlari yaratish, murojaatlar bilan ishlash, kasaba uyushmasida moliyaviy masalalariga bag’ishlangan o’quv seminar bo’lib o’tdi.

 Seminar davomida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2023 yil 17 iyuldagi 10-1 sonli Ijroiya qo’mita qarorining ijrosi bo’yicha belgilangan vazifalar, Ish beruvchi va xodim o’rtasida mehnatga oid munosabatlar, mehnatni muxofaza qilishni tashkil etish,ish joylarida qulay sharoitlarni yaratish va baxtsiz xodisalarni oldini olish, Jamoa shartnomalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish masalalari bo’yicha keng tushuntirishlar va tavsiyalar berildi, shuningdek sohaga oid muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikrlar almashildi.

Seminarda yangilangan Konstitutsiya, Halqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilingan 148-konventsiyasining targ’iboti tashkil etildi. Korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi qo’mitasi raislari, kadrlar bo’limi mutaxassislari va mexnat muxofazasi bo’yicha muxandislari faol ishtirok etib faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha qiziqtirgan savollariga aniq javoblarni oldilar.  Seminar davomida ishtirokchilarga  qonun va qonunosti me’yoriy xujjatlari elektron tarzda taqdim etildi.

O’QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi qarorlari hamda 2021-2025 yillarga mo’ljallangan Strategik yo’nalishlarida belgilangan vazifalarijrosini ta’minlash sohasida O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat tashkilotlarida muayyan ishlar amalga oshirilib, o’z navbatida kasaba uyushmasi Respublika kengashining hudud bo’yicha mas’ul tashkilotchilari tomonidan ham joylarda VIII Qurultoyda qabul qilingan hujjatlar targ’iboti amaliy ishlar bilan bir qatorda amalga oshirilib kelinmoqda.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashida ayni masalalarga bag’ishlab tashkil etilgan o’quv-seminarida ham faoliyatni yanada samarali tashkil etish yuzasidan qator tavsiyalar berib o’tildi.

Seminar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan ishtirokchilar tomonidan ko’tarilgan mehnat sohasiga oid qator savol va takliflarga Respublika va viloyat tashkilotlarining mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Shundan so’ng uzoq yillar davomida tizimda faoliyat yuritib, o’zining samarali mehnati, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o’rnak bo’lib kelayotgan bir qator tuman va shahar kengashlari rahbarlari kasaba uyushmalari atloyat kengashining faxriy yorliqlari hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi o’tkazildi

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashining faollar zalida «Eng namunali boshlang’ich tashkilot» ko’rik tanlovi g’oliblarini taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda Angor tumani 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi g’oliblikni qo’lga kiritishga muyassar bo’ldi.

Yoz-o‘tmoqda soz

Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, bu faslda ular sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishadi.

Ayni kunlarda 40 nafar Angorlik bolajonlar ham sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishmoqda. Xususan, Sherobod tumanida joylashgan «Vandob beshbuloq» sog‘lomlashtirish oromgohida 20 nafar bolajonlar sog‘lomlashtirilmoqda.

Oromgohda dam olishning 1-bosqichi yakunlanishi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

Marosimda bolajonlar Ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiq va raqslar namoyish etishdi.

O‘tkazilgan tadbir nihoyasida faol ishtirok etgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.

SURXONDARYODA OROMGOHLAR FAOLIYATINI BOSHLADI

Umumta’lim maktablarida o’quv yili yakunlanishi bilan bolalar vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida yozgi oromgohlarga yo’l olishadi. Ayni shu maqsadda erta tongdan ota-onalar, bolalar va ma’sul idora vakillari Termiz shahrida joylashgan «Bolajon» bog’i yonida jam bo’lishdi.

     Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 9 ta statsionar oromgohlarda 5 navbatda 7 220 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Shundan birinchi navbatda 1 750 nafar bolalar yuqori kayfiyatda, tegishli ma’sullar nazorati ostida oromgohlarga yo’l olishdi.