Bayram tadbiri o’tkazildi

O’zbekiston Tadbirlorlik,biznes va xizmat ko’rsatish xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati birlashgan qo’mitasi tarmoq tizimidagi Denov tumani 2-son kasb-hunar maktabida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34-yil to’lganligi munosabati bilan  bayram tadbiri o’tkazildi. Kechada  maktab o’quvchilari tomonidan turli xil sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

«Muqaddassan ona tilim» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʼlib oʼtdi

Bugun 21-oktabr kuni Uzun tuman 2-son kasb-hunar maktabida «21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun» munosabati bilan «Muqaddassan ona tilim» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy  tadbir  boʼlib oʼtdi.   Tadbirda maktab boshlang‘ich tashkiloti, maktab oʼqituvchilari va oʼquvchilari ishtirok etdi. Tadbirda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, tilning mavqeyi , buyuk tariximiz , ajdodlarimiz qoldirgan tilga bag‘ishlangan  she‘r va raqslar, badiiy  chiqishlar  namoyish etildi.Shuningdek , sharlarga solingan tilimizga oid viktorina savollarga javoblar topishdi. Tadbir so‘ngida faol qatnashgan guruhlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi

Ustoz va murabbiylar el ardog’ida

Uzun tumanidagi muxtasham «Shirin» toʼyxonasida Uzun tumanidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 300 nafar ustoz va murabbiylarga Uzun tuman xokimligi, tuman Maktabgacha va maktab boʼlimi hamda tuman taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boʼlinmasi tomonidan bayram dasturxoni tashkil etildi. Bayram tabrigida ustozlarning yutuqlari eʼtirof etildi. Taʼlim sohasida aloxida yutuqlarga erishgan bir gurux ustozlar tuman xokimligi va tuman Kasaba uyushmasi Boʼlinmasining sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.


«1 Oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi tomonidan Xalq ta’lim xodimlari o’rtasida an’anaviy 32- Spartakiada o’tkazildi. Spartakiadada xodimlar sportning 6 ta turi bo’yicha kuch sinashishdi. G’oliblar tuman Bo’linmasining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ustozlar etiborda

Uzun tumanidagi 20-sonli umumta’lim o’rta maktabda uzoq yillar davomida yoshlarga matematikadan saboq bergan Ostanaqulov Mustafo o’zining 90 yillik yubileyini nishonlamoqda. Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi Ustozni muborak tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

SANGARDAK SANATORIYSIDA KITOB TAQDIMOTI

Joriy yilning 21 sentabr kuni tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifi, taniqli adib Amirsaidxon Usmonxo’jayev Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sanatoriyasida dam olayotgan fuqarolar hamda nuroniylar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan nuroniylarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ayniqsa ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan fikr almashildi, shukronalar keltirildi.

Shundan so’ng Amirsaidxon Usmonxo’jayev o’zi muallifligidagi «O’zingni anglab, odob saqla» nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi. Muallif kitobning yaratilish tarixi hamda mazmun-mohiyati haqida so’z yuritib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdi.

Yakunda muallif tomonidan sanatoriya kutubxonasiga kitoblar to’plami sovg’a qilindi.