Sovg’alar topshirildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlar kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimida bo‘lgan Shurchi tuman obodonlashtirish boshqarmasi kasaba uyushmasi  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining  32 yilligi  hamda Vatan himoyachilari kuni va jamoat ishlarida faol ishtiroki uchun 87 nafar  ishchi — xodimlar faxriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirlandilar .

«14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan musobaqa tashkillashtirildi

«14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlar, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tizimida bo’lgan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida sportning «Mini futbol» turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqaning tashkillashtirilishi orqali ishchi xodimlar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom muhitni shakllantirish, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlari maqsad qilingan.

Maktabda yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi

Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanida O’‌zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi Davlat mukofati soxibi ustoz Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich Sho’rchi tumanidagi 1- umum  o’rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o’‌tkazdi, uchrashuvda ustoz o’zining xayot faoliyati, ishlagan ish joylari to’g’risida yoshlarga ma’lumotlar berdi, yoshlarga xayot u‌gitlaridan maslaxatlar berib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar,uchrashuv juda qizq’in savol va javoblar tarzda o’tdi.

SHoli yig‘im terimini muvaffaqiyatli yakunlandi

17 — dekabr kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi  tizimida bo‘lgan  “SURXON COTTON TEKSTIL CLUSTER SHOLI” mas’luyati cheklanan jamiyati  sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlangani munosabati bilan  tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi X.Qo‘zimuradov ham ishtirok etib barcha ishchi xodimlarni sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlanganligi munosabti bilan tabriklab  jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda viloyatda sholi yetishtirishdagi ulkan hissalari uchun  ishchi xodimlar viloyat tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirladi.

«Termiz daryo porti» mas’uliyati cheklangan jamiyati 70 yoshda

Termiz shaxridagi Yoshlar markazida «Termiz daryo porti» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga taklif etilgan mexmonlarning  tabriklari tinglanib , sohada fidoiy bo‘lgan bir guruh faxriylar, soha vakillari va sohaning yosh mutaxassislariga  estalik sovg‘alar , ko‘krak nishonlari, medalyonlar, tashakkurnoma , faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi. Taqdirlash marosimi yakunida  sa’nat ustalari ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi