
Yo’llanma qo‘lga kiritildi
Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani Kasaba uyushmasi Besh tashabbus olimpiadasi sport musobaqasi futbol sport turidan 12-maktab jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo‘lga kiritishdi.
Surxondaryo viloyati Muzrabod tumani Kasaba uyushmasi Besh tashabbus olimpiadasi sport musobaqasi futbol sport turidan 12-maktab jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo‘lga kiritishdi.
Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ,,Barkamol avlod» sport musobaqasining stritbol turi boʻyicha Respublika final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa natijalariga koʻra faxrli 1-oʻrinni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 10- maktab oʻgʻil bolalar va qiz bolalar jamoasi qoʻlga kiritishdi.
Surxondaryo viloyat xokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo vioyati kengashi O‘zbekiston hamshiralar asatsatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasining qo‘shma qaroriga asosan 26 aprel kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Termiz tibbiyot texnikumida “Hamshira-2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblarni aniqlashda nomzodlarning bilim darajalari, kasbiy malakasi, bemorlarga ko‘rsatayotgan tibbiy yordam sifati, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligi va tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarining yoritilishi asosiy ahamiyat kasb etadi.
Tanlovda Uzun tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limi xamshirasi Qilicheva Nilufar birinchi o‘rin, Angor tuman tibbiyot birlashmasi xamshirasi Musurmonova Surayyo ikkinchi o‘rin, Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi Ruzieva Moral uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. G’oliblarga tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
«Butunjaxon mexnatni muxofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida «Iqlim o‘zgarishlarining mexnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri» shiori ostida Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi tizimidagi 14,49,63- umumta’lim maktablari xamda 1,5,10,28-maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti raislari tomonidan mexnat jamoalarida davra suxbatlari o‘tkazildi. Davra suxbatlarida dunyo miqyosida bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarining inson sog‘ligiga, tabiatga ta’siri, kuzatilayotgan suv toshqinlari natijasida yetkazilayotgan zararlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ta’lim muassasalarida xodimlarga xavfsiz mexnat sharoitlari yaratish, kasb kasalligini oldini olish xaqida ta’kidlab o‘tildi.
Angor tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 38 nafar pedagog xodimlarni dam olish kunlarini maroqli va sermazmun o‘tkazish maqsadida Samarqand shaxriga sayohat uyushtirildi.
O‘zbekistonning eng go‘zal diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblangan Sangardak sharsharasiga qoyil qolish mumkin.
Qurilish Surxondaryo viloyatining so‘lim tog‘lari orasida joylashgan mashhur Sangardak sayyohlik qishlog‘ida amalga oshiriladi. O‘tgan yili bu yerda zamonaviy sanatoriy barpo etildi.
Xuddi shu qishloqda xuddi shu nomdagi sharshara bor — mamlakatdagi eng kattalaridan biri, uni ko‘pincha «O‘zbek Niagarasi» deb atashadi.
Loyiha doirasida nafaqat uzunligi 1,2 ming metr bo‘lgan kanat yo‘li, balki uzatuv maydonchasi, mehmon uylari, restoran, ot minish va tuyalar uchun maydonlar, sport, oilaviy sayr, o‘yinlar va raqslar uchun maydonlar quriladi.
Loyiha 10 million yevroga baholanmoqda. Xorijlik hamkorlar bilan barcha tafsilotlar muhokama qilindi, yaqin orada ish boshlanishi kerak. Joriy yil oxirigacha ob’ekt foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv va boshqa shartnomalar ham imzolangani aytilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtboshimizning sohaga bo‘lgan alohida e’tibori tufayli tarmoq qisqa davr ichida yetakchi ishlab chiqarish sohalaridan biriga aylandi.
Bugun O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi vakili Erkin Boyniyozov hamda Surxondaryo viloyati kasaba uyushmasi rahbari Abdukarim Axmedov, Qiziriq tuman hokimi Sherzod Rajabovlar tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishdi.
Yig‘ilishda ayollar daftarida turgan ayollarni pilla yetishtirish orqali ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan vazifalar kelishib olindi.
Joriy yilning 29 mart kuni Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasining 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raisining hisobotlari tinglandi.