Surxondaryoda saylov komissiyalari tuzildi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi hamda Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan okrug saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat nomzodlarning tarkibi tahlil etildi.

Komissiya a’zoligiga nomzodlarning 389 nafari oliy, 86 nafari o‘rta-maxsus, 3 nafari o‘rta ma’lumotli bo‘lib, pedagoglar 258, iqtisodchilar 59, muhandislar 42, shifokorlar 33, huquqshunoslar 7, jurnalistlar 3 nafar va boshqa kasb egalari 76 nafarni tashkil etadi.

Videokonfirensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlis yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta okrug saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, komissiyalar a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

 

Oromgohdan maktub

                                                                                                                                                              Oromgohimizda 2024-yil yozgi mavsum ham o’z ishini yakunladi. O’tgan mavsumda oromgohimizda 4-navbatda barcha bolajonlarimiz yozni maroqli o’tkazib xush kayfiyatda dam oldilar. Bolajonlarimizning ajoyib dam olishlarida mehnati singgan barcha mas’ullarga chin dildan rahmat  deb minnatdorchilik bildiramiz.Har bir bolaga zavq, quvonch ulashganimizdan mamnunmiz. Eng muhimi mavsum davomida bironta ko’ngilsiz hodisalar kuzatilmadi, buning uchun ollohga beadad shukrlar bo’lsin. Aziz ota onalar, bizga  farzandlaringizni ishonch bilan topshirganingiz uchun rahmat. Aziz bolajonlar, barchangizni keyingi yoz mavsumida intizorlik bilan kutib qolamiz. Xayrlashmaymiz ko’rishguncha deymiz…

 

Vatanparvarlik muqqaddas burch

Joriy yilning 27 iyul kuni Termiz shaxridagi «Amudaryo»  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida «Vatanparvarlik» kuni munosabati bilan  O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi,  Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi 11506 harbiy qism faxriy qorovul qo‘shinlari ishtirokida hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati «Chavandozlar»  maktabi va «Qorabayir» otlari mahorat maktabi  hamkorligida madaniy-ma’rifiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. 

Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi 11506 harbiy qism faxriy qorovul qo‘shinlarining ko‘rgazmali chiqishlari,  harbiy orkestrning musiqali chiqishlari  «ot sporti turlari»  bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. 

Tadbirda 202 nafar dam olayotgan bolajonlar,  40 nafar harbiy xizmatchilar,   6 nafar chavandozlar,  8 nafar tashkilot xodimi,  10 nafar oromgoh ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

G‘oliblar taqdirlandi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarni aniqlash xamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keg ommalashtirish, pedagogik faoliyatining nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom muxitini yaratish maqsadida O‘zbekiston

 Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning iyun oyida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. 2024 yil 15 iyul kuni Termiz shaxrida ushbu ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar 6ta nominatsiya bo‘yicha o‘zlarining iqtidorlarini namoyish etishdi.
Uzun tumanidan qatnashgan 6 nafar ishtirokchilarning 3 nafari faxrli o‘rinlarni egallashdi.
G‘olib va faol tarbiyachilar tuman bo‘limining faxriy yorliqlari xamda tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oromgohlarda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda.

Yoshlar millatning suyanchi va ertasi. Ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bundan tashqari, yoshlarni sport va jismoniy tarbiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Viloyat qo‘riqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Respulikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati “Qorabayir otlari” mahorat maktabi hamkorligida “Amudaryo” bolalar oromgohida “Vatanparvarlik” kuni munosabati bilan  tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respulikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati “Qorabayir otlari” mahorat maktabi mutaxassislari tomonidan oromgohda dam oluvchi bolajonlar uchun otlarda sayr qilish imkoni yaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Mazkur tadbir so‘ngida bolajonlar tashkilotchilar tomonidan ot sportiga oid qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport kuni

Joriy yilning 1- iyul kuni Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tizimidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi o‘zlarining Graf hamda Gurzufxon otlari bilan bolajonlarimizning quvonchiga quvonch ulashish uchun tashrif buyurdilar.
Ot — millatimiz, ayniqsa er–yigitlarimiz uchun azaldan or-nomus va iftixor ramzi bo‘lib kelgan. O‘zbekistonda, jumladan, Surxondaryoda chavandozlik mahorati ming yillar burunga borib taqaladi. Tarixga nazar tashlasak, butun dunyoda ot sporti miloddan avvalgi 680 yildan boshlab antik Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgani, albatta, ot sporti va chavandozlikka muhabbat qadimdan shakllangani yaxshi ma’lum.
Ayni kunlarda esa, yurtimizda o‘sib kelayotgan barkamol avlodni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko‘pkari bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ot sportiga ishtiyoqmand iqtidorli yoshlarni tanlash va saralash, seleksiya ishlarini rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar tayyorlash maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi tomonidan bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Shu ma’noda, Milliy gvardiya mas’ullari tomonidan yoshlarning Chavandozlar maktabi Amudaryo oromgohiga otlari bilan chiqishlarini tashkil etdi. Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi esa bolajonlarga hamroh bo‘ldilar.
Tadbir davomida yoshlar, ot sportning kelib chiqish tarixi, bugungi kunda umidli sportchilarimiz tomonidan jahon arenalarida erishilayotgan yutuqlar hamda hukumatimiz tomonidan ot sportini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlardan xabardor bo‘lish bilan birga, sportchilarning mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar hamda ot ustida sayr qildilar.