Rahbar va yoshlar uchrashuvi.

 

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi, «Do’stlik» ordeni va «Shuhrat» medali sohibi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abdukarim Axmedov va talaba-yoshlar ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» o’tkazildi.

A.Axmedov talabalar bilan suhbat olib borar ekan, yurtimizda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning barchasi talaba-yoshlarning kelajagi uchun ekanligini ta’kidlab, yetuk kadr bo’lishlariga ishonch bildirdi.

So‘lim va bahovo go‘shada joylashgan maskanda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan kelgan 100 nafar o‘g‘il-qiz tantanali kutib olinib, “Beshbuloq” oromgohiga kuzatildi.
Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamkorligida ayni paytda qoraqalpog‘istonlik 100 nafar o‘g‘il-qizlar yozgi ta’tilni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida o‘tkazishmoqda. So‘lim va bahovo go‘shada joylashgan maskanda Orolbo‘yidan kelgan bolalarni maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Oromgohda bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishlari uchun puxta tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra mavsum davomida turli davra suhbatlari, qiziqarli uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar, viktorinalar o‘tkazilib boriladi.
Shuningdek, bolalarning jismonan sog‘lom, bilim va mahoratlarini oshirish uchun turli to‘garaklar tashkil etilgan.

 

Esdalik sovg‘alari topshirildi

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angor tuman bo‘linmasi tomonidan 1-iyun Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Nurli maskan» maktab internati o‘quvchilariga tuman hokimi bilan birgalikda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida bolajonlarimizning taqdiri Davlatimiz nigohida ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”haqida

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan. Oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi. Bolalarni asrab-avaylash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, gʻamxoʻrlik qilish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning burchidir. Sana munosabati bilan joylarda bolajonlar uchun konsert dasturlari, tomoshalar, tadbirlar, uchrashuvlar, aksiyalar tashkil etiladi.

“Muruvvat” uyida bayram tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 31-may kuni O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tuman nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “muruvvat” uyida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Nodira Surxanovna ochib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir bayramona va ko‘taringki ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida viloyat Kengashi tomonidan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.
So‘z yakunida bolajonlarimizning taqdiri Davlatimiz nigohida ekanligi ta’kidlab o‘tildi.