
Boshlang‘ich tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi
Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi. Uzun tumani Fayzovo maxallasida 150 nafar bolajonlarga mo‘ljallangan 2 qavatli zamonaviy bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi. Ushbu №32- maktabgacha ta’lim tashkilotida 46 nafar xodimlar ish bilan ta’minlanib, faoliyatini boshladi.
Bugun ushbu ta’lim maskanida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish bo‘yicha mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman bo‘linmasi raisi Z.Sheraliev so‘zga chiqib, kasaba uyushmasi afzalliklari, jamoa shartnomasi mazmun-mohiyati to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari va qo‘mita raisligiga nomzodlar ko‘rsatilib, ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylov o‘tkazildi. Ko‘pchilik ovoz bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Toshboeva Maftuna saylandi. Yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javoblar olishdi.