“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Surxondaryo yuridik texnikumi talabalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yoshlar bilan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan samimiy va ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar atroflicha javob berishdi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.
