“Milliy kiyimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Tadbirkorlik biznes va xizmat ko’rsatish sohalari hodimlari kasaba yushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo’mitasai tasarrufida bo’lgan Angor tuman 1-son politexnikumida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Milliy kiyimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir politexnikumning tikuvchilik ustaxonasida tashkil etilib, unda tikuvchilik yo‘nalishida o‘qiyotgan qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar namoyish etildi. Bu jarayon qizlarning didini, nozik ishlash mahoratini va ijodiy yondashuvini yanada rivojlantirdi.

Tadbirning maqsadi yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, milliy kiyinish madaniyatini keng ommalashtirish hamda tikuvchilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email