
Taxiatoshlik bolalar Surxondaryoda
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan 101 nafar 7-14 yoshdagi bolalar Termiz temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida O‘zbekiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi A.Axmedov, kengash raisining o‘rinbosari Q.Bobolov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Qayd etish kerakki bir necha yildirki, Taxiatoshlik bolalarni yozgi mavsumda Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida dam oldirish an’ana tusiga kirgan.
Mehmonlar kutib olingach avtobuslarda yo‘l harakati havfsizligi hizmati xodimlari kuzatuvi ostida Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohiga olib kelindi. Bolajonlar mazkur oromgohda mazali taomlardan tanavvul qilib, oromgohda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng ma’sullar ishtirokida Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohiga tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.