O‘tgan yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash Qarorlari qabul qilindi

Surxondaryo viloyati Tadbirkorlik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Birlashgan qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining hamda II-Majlisi yig‘ilishlari  mazkur yilning 26 dekabr kuni  Termiz shaharida bo‘lib 21 nafar Kengash a’zolaridan 17 nafari ishtirok etdilar.

                 Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashining mehnat huquq  va mehnatni muhofaza qilish inspektorlari Zarif Xolov va Erkin Menglievlar ishtirok etib, kun tartibidagi masada yuzasidan ma’ruza qildilar.

    Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

  1. “Tarmoq kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgna qo‘mitasining  “Atrof muxitni asrash va “Yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  2. Tashkiliy masala
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabr  PF-257-sonli 2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini qo‘chirish to‘g‘risida
  4. “Viloyat Obodonlashtirish boshqarmalarida Mehnat muxofazasi hamda Mehnat kodeksi talablariga rioya etilishi, baxtsiz xodisalarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” to‘g‘risida

Birlashgan qo‘mita raisi X.Qo‘zimuradov raisligida o‘tgan Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash Qarorlari qabul qilindi.