Shifokorlar o‘rtasida futbol turniri Surxondaryoda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Termiz shahridagi «Surxon sport majmuasi»da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar shifokorlari futbol jamoalari o‘rtasida «Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo  viloyat Kengashi raisi kubogi» mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilishda Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.M.Abduvohidov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.J.Kadirova hamda Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi rahbari S.Shomurodov ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladilar. Ularning nutqlarida sport sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi ekanligi va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Futbol turnirining yakuniga ko‘ra

1-o‘rinni  Qashqadaryo viloyat jamoasi;

2-o‘rinni  Samarqand viloyat jamoasi;

3-o‘rinni  Toshkent shahar jamoasi;

Yoshlar o‘rtasida

1-o‘rinni  Samarqand viloyat jamoasi;

2-o‘rinni  Surxondaryo viloyat jamoasi;

3-o‘rinni  O‘zbekiston farmsanoat jamoalari qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashining maxsus diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.