«O‘zbek tili — millat ko‘zgusi»

Bugun Boysun tumanidagi 5-o‘rta ta’lim maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchilar ona tilimizni ulug‘lovchi mazmunli chiqishlar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari orqali o‘zlarining O‘zbek tiliga bo‘lgan yuksak mehr va ehtiromlarini namoyon etdilar.

Tadbir — maktab drektor o’rinbosari hurmatli D. Aminov va Boysun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi raisi N. Sharipov boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi va barchaga unutilmas taassurotlar qoldirdi.

O‘zbek tili – xalqimizning bebaho boyligi, milliy g‘ururi va ma’naviy tayanchidir. Til – bu millatni millat qiladigan eng asosiy omil, ajdodlardan meros bo‘lgan muqaddas qadriyatdir.

Yashasin O‘zbek tili — millat faxri va qalbimiz iftixori!

Qadr-qimmatini yuksak e’tirof etish kuni

15-oktabr – mehnatsevar, fidoyi va mehribon qishloq ayollarining mehnatini qadrlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va qadr-qimmatini yuksak e’tirof etish kunidir.

Angor tumanida jami aholi soni 148,400 kishini tashkil etadi, shundan 74,119 nafari xotin-qizlardir.

Qishloq ayollari nafaqat oilaviy vazifalarni bajaradi, balki qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda ham faol ishtirok etishadi. Ular mehnati va mehri tufayli tumanimizning iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti ta’minlanmoqda.

Til millat ko’zgusi

Angor tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ijodkor yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda viloyatimizning taniqli adiblari, shoir va yozuvchilari ishtirok etib, O’zbek tilining davlat tili maqomini olganligining ahamiyati, uning millat madaniyati va tarixidagi o‘rni, tilni rivojlantirish va asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida yosh ijodkorlar o‘zlarining she’rlari va asarlarini taqdim etishdi, ishtirokchilar o‘rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir tilimizning millat ko‘zgusi ekanligini yana bir bor eslatib, uning saqlanishi va ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning davom etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat tili — milliy iftixor va g‘urur timsoli

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun — 21-oktabr, ya’ni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan Angor tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda tadbirga taklif qilingan mehmonlar ishtirok etishdi. Davlat tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning ahamiyati, til madaniyatini oshirish va uni asrab-avaylash borasidagi vazifalar xususida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Samarqand shahriga tarixiy-ma’rifiy sayohat tashkil etdi

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi o‘z a’zolarini rag‘batlantirish, ularning ma’naviy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida 1–2 oktyabr kunlari Samarqand shahriga ikki kunlik tarixiy-ma’rifiy sayohat tashkil etdi. Ushbu sayohat 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni arafasida, tarmoqda xizmat qilayotgan 50 nafar fidoiy xodim va ularning ota-onalari uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi.

​Sayohat dasturi juda boy va mazmunli bo‘lib, ishtirokchilar Temuriylar davrining eng buyuk obidalariga tashrif buyurdilar. Jumladan, Ulug‘bek rasadxonasi va «Ziji Ko‘ragoniy» katalogi bilan tanishib, ajdodlarimiz ilm-fanidan g‘ururlanishdi. Shuningdek, Shohizinda, Go‘ri Amir va Sharq me’morchiligining durdonasi Registon maydoni ziyorat qilindi.

​Safarning eng ta’sirli qismi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning uy-muzeyi va muborak qabri ziyorati bo‘ldi. Ziyorat davomida Qur’on tilovat qilinib, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan ulug‘ insonlar ruhiga duolar bag‘ishlandi.

​Ishtirokchilar, jumladan, Qumqo‘rg‘on tuman Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi Sayfiev Nurillo Saitovich va FVB xodimi Xidaev Temur Turg‘unovich bunday yuksak e’tibor va mehnat qadrlangani uchun tashkilotchilarga — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.