
Yozgi oromgohlarda bolalarning maroqli dam olishi ta’minlanmoqda
Yozgi ta’til mavsumida bolalarning sog‘lom va mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish maqsadida Angor tumanida navbatdagi guruh bolalar oromgohlarga kuzatildi.
Jumladan, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angor tumani Kengashi tashabbusi bilan 25 nafar bola Sherobod tumanining “Beshbuloq” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga joylashtirildi.
Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 55 nafar farzandi “Vandob Beshbuloq” oromgohiga yuborildi.
Tuman kasaba uyushmasi va mas’ul tashkilotlar vakillari bolalarni oromgohlarga kuzatib borib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish, dam olish va ko‘ngilochar dasturlar bilan tanishdilar.