Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriylari yod etildi

Mustaqilligimizni 33 yilligi munosabati bilan mehnatkash va bag‘rikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati targ‘ib qilish maqsadida mahallalar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbirlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan ham yuqori kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Xususan, joylarda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordam berish bilan bog‘liq xayriya tadbirlar tashkil etilib kelmoqda.

Shu kabi tadbirlardan biri kuni kecha viloyat kengashi binosida tashkil etilib, tadbir doirasida tizimidagi tashkilotlarda faoliyat yuritib bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh kasaba uyushmalari faxriylari yod etildi. Ular uchun bayram dasturxoni yozilib konsert darturi namoyish etildi

Musobaqa tashkil etildi

Mustaqilligimizni 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha kasaba uyushma birinchiligi uchun musobaqa tashkil etildi.

Terimchilar manfaatlarini ximoya qilish ustuvor vazifamiz

Joriy yilning 20 avgust kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Jo‘rabek-Hushnud Imkon» fermer ho‘jaligining paxta dalasida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi hamkorlikda 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida “Paxta xosilini yig‘ib olishda terimchilarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ximoya qilish hamda ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish borasida kasaba uyushmalari va ish beruvchilar oldida turgan asosiy vazifalar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda asosan 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida O‘zbekiston Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi majmui Respublika kengashi raisi o‘rinbosari E.Bayniyazov tomonidan 2024 yil paxta yig‘im-terimi mavsumida kasaba uyushmalari inspeksiyalarining vazifalari, mavsumda majburiy mehnatga qarshi kurashish va terimchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratilishi bo‘yicha kasaba uyushmalari tomonidan qat’iy jamoatchilik nazoratining olib borilishi masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov paxta yig‘imi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish, ularning dam olishlari, ovqatlanishini to‘g‘ri tashkillashtirish, ish haqini o‘z vaqtida to‘lash kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Surxondaryoda saylov komissiyalari tuzildi

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi hamda Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan okrug saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat nomzodlarning tarkibi tahlil etildi.

Komissiya a’zoligiga nomzodlarning 389 nafari oliy, 86 nafari o‘rta-maxsus, 3 nafari o‘rta ma’lumotli bo‘lib, pedagoglar 258, iqtisodchilar 59, muhandislar 42, shifokorlar 33, huquqshunoslar 7, jurnalistlar 3 nafar va boshqa kasb egalari 76 nafarni tashkil etadi.

Videokonfirensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlis yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta okrug saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, komissiyalar a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

 

Oromgohdan maktub

                                                                                                                                                              Oromgohimizda 2024-yil yozgi mavsum ham o’z ishini yakunladi. O’tgan mavsumda oromgohimizda 4-navbatda barcha bolajonlarimiz yozni maroqli o’tkazib xush kayfiyatda dam oldilar. Bolajonlarimizning ajoyib dam olishlarida mehnati singgan barcha mas’ullarga chin dildan rahmat  deb minnatdorchilik bildiramiz.Har bir bolaga zavq, quvonch ulashganimizdan mamnunmiz. Eng muhimi mavsum davomida bironta ko’ngilsiz hodisalar kuzatilmadi, buning uchun ollohga beadad shukrlar bo’lsin. Aziz ota onalar, bizga  farzandlaringizni ishonch bilan topshirganingiz uchun rahmat. Aziz bolajonlar, barchangizni keyingi yoz mavsumida intizorlik bilan kutib qolamiz. Xayrlashmaymiz ko’rishguncha deymiz…